Freedom Holding Amerikaning Maxim Group investitsiya bankini sotib olishdan bosh tortdi

eʼlon qilindi
Bitim 400 million dollarga teng bo'lishi kerak edi
Foto: ТАСС

Xalqaro Freedom Holding Corp. Amerikaning Maxim Group investitsiya bankini sotib olish bo’yicha kelishuvdan voz kechdi. Bu haqda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) saytidagi guruh xabarida aytiladi.

«Kompaniya va sotuvchilar oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan bitim shartlari 2023-yil 31-dekabrgacha bajarilmasligini aniqladilar. Shunga ko‘ra, 31-oktabr kuni kompaniya va sotuvchilar o‘zaro yozma rozilik asosida oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishdi», — deyiladi SEC saytida.

Fevral oyidagi kelishuv Maxim Group va uning konsalting sho‘ba korxonasi Maxim Financial Advisorsni sotib olishni o’z ichiga olgan. Bitimning e’lon qilingan summasi 400 million dollar bo’lishi kerak edi.U Amerika regulyatorlari tomonidan ma’qullanganidan keyin yopilishi kutilgan edi.

Freedom Holding Corp. yangi aktiv orqali xalqaro bozorda o‘z ishtirokini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Maxim Group tajribasi va institutsional taʼsiridan xoldingning brokerlik va global distribyutorlik tarmogʻini kengaytirish uchun Osiyo, Gretsiya, Isroil va Gʻarbiy Yevropaning aksariyat qismida foydalanish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Freedom Holding Corp. Maxim Group so‘nggi 10 yil ichida anderrayter sifatida kapital bozorlarida 80,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. Bu xoldingning ushbu yo’nalishdagi faoliyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim edi.

«O’tgan yil IPO uchun juda og’ir bo’ldi; hajmlar sezilarli darajada kamaydi. Ehtimol, biz yaqin kelajakda muzokaralarga qaytamiz, lekin boshqa shartlarda, kamroq kapital qo’yilmalar bilan. Biz tejalgan kapitalni Qozog‘iston va boshqa hududlarda biznesni yanada faol rivojlantirish uchun ishlatamiz», – dedi Freedom Holding Corp. bosh direktori va asosiy aksiyadori Timur Turlov «Kursiv»ga.

2024-moliyaviy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra (30-iyun kuni yakunlangan), Freedom Holding Corp. daromadini 83,3 foizga oshirib, 316,2 million dollarni tashkil etdi.Uning asosiy manbalari foiz daromadlarining o‘sishi, fond bozoridagi operatsiyalardan olingan moliyaviy natijalar va xolding sug‘urta kompaniyalari yig‘imlari bo‘ldi. Shu bilan birga, kompaniya derivativlar bozoridagi yo’qotishlarini oshirdi.

Shuningdek