O‘zbekistonda kambag‘al oilalar qancha

eʼlon qilindi
Ular “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi
Foto: Sasha2109 / depositphotos.com

1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilib, «Onlayn mahalla» elektron platformasiga kiritildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov maʼlumot berdi.

Xabarga ko‘ra, kambag‘al oilalar ro‘yxati «Onlayn mahalla» elektron platformasiga kiritilgan.  Hokim yordamchilari mazkur platformaga har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni joylashtirishgan.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlangan. Hayitovning so‘zlariga ko‘ra, yil yakuniga qadar respublikada 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqariladi. Natijada kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, o‘rganish natijasida «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari tufayli taʼminot to‘g‘risida»gi 121-son Konvensiyani ratifikatsiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topildi.

Avva;roq, «Kursiv» O‘zbekistonda kambag‘al oilalar qanchaligi va o‘tgan yilga nisbatan kamaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek