O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish holatlarining 14 foizi oilaviy janjal tufayli sodir bo‘ladi

eʼlon qilindi
JSST ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels.

O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish holatlarining 13,7 foizi oila a’zolari va yaqinlari bilan janjal tufayli sodir bo‘lmoqda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda O‘zA axborot agentligi.

Respublikada o’z joniga qasd qilishning asosiy ulushi aqliy nuqsoni bo’lgan shaxslarga to’g’ri keladi – 45 foiz.

Bunday holatlarning 17,6 foizi yaqinlari bilan janjallashish, universitetga o‘qishga kirmaslik yoki pul yo‘qotish bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, mamlakatimizda suitsid holatlarining 0,7 foizi hasad tufayli sodir bo‘lmoqda.

Umuman olganda, dunyoda har kuni 1,9 mingdan ortiq, har yili 750 ming kishi o’z joniga qasd qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» Singapur o‘z joniga qasd qilishlar soni bo‘yicha antirekordni yangilaganini yozgan edi. 2022-yilda bu mamlakatda 476 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan.

Shuningdek