Toshkent shahar hokimi 8-noyabrdan isitish tizimini yoqishga qaror qildi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi qaror Adliya vazirligining elektron tizimida e’lon qilindi
Foto: Pexels.com

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 8-noyabrdan poytaxtda isitish mavsumini to‘liq boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqdagi qaror Adliya vazirligining elektron tizimida e’lon qilindi.

Hujjatda 7-noyabrdan ijtimoiy obyektlarda issiqlik taʼminoti test rejimida yoʻlga qo’yilishi haqida, 8-noyabrdan esa ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli turar-joylarda toʻliq issiqlik bilan taʼminlanishi haqida yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda isitish mavsumi 6-noyabrdan boshlanishi kerakligi xabar qilingandi.

Shuningdek