O‘zbekiston bozoriga divan.ru kirib keldi

eʼlon qilindi
Kompaniya mebel ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadi
Foto: Yandeks

Rossiya Federatsiyasining Divan.ru mebel kompaniyasi O‘zbekistonda Toshkent shahrida internet-do‘kon va uchta ko‘rgazma zalini ochdi. O‘zbekistonda divan.uz sayti ishga tushdi.

Do‘konlar «Next savdo markazi», «Atlas savdo markazi» va Taras Shevchenko ko‘chasida faoliyat ko‘rsatadi. Bu savdo do‘konlarida o‘z ishlab chiqargan mebellar savdoga qo‘yilgan.

2023-yil bahorida Divan.ru asoschisi Anton Makarov kompaniyaning sobiq ittifoq davlatlari bozoridagi ishtiroki kengaygani, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda do‘konlar ochilishi haqida e’lon qildi.

O‘tgan yili Rossiya brendi bog‘ mebellarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.

Divan.ru 2014-yilda asos solingan. Kompaniya mebel ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. 2022-yilda uning daromadi 65 % oshib, 6,5 mlrd rublni tashkil etdi.

Bu yil tadbirkor daromadni 10 mlrd rublgacha oshirish niyatida.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonlik investor Qozog‘istondagi «Turkiston» sanoat zonasida mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek