O‘zbekiston Qozog‘iston bilan sanoat kooperatsiyasi markazi ochishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bitim IHT sammiti doirasida imzolangan
Foto: MIPT

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida O‘zbekiston va Qozog‘iston «Markaziy Osiyo» sanoat hamkorligi xalqaro markazini tashkil etishga kelishib oldi.

Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va qozog‘istonlik hamkasbi Arman Shaqqaliev imzoladi.

Markaz ikki mamlakat kompaniyalari va xalqaro qiymat zanjirlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun sharoitlarni yaxshilaydi. Uning vazifalari qatoriga chegara hududlaridagi ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, markazdagi zavodlarni modernizatsiya qilish ham kiradi.

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi MIPTdan sanoat vazifalarining bir qismini olib qo‘yayotgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi sanoati 2023-yilning 9 oyida 5,7 foizga o‘sgan bo‘lsa, bir yil avval 5,3 foizga o‘sgan edi.

Shuningdek