O‘zbekiston viloyatlariga 30 dona chiqindi tashuvchi mashinalar jo‘natiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Barcha mashinalar Samarqand avtomobil zavodida yig‘ilgan
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi

O’zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 30 ta Isuzu chiqindi tashuvchi avtomashinalar viloyatlarga jo‘natiladi, deb xabar qildi matbuot xizmati.

Avtomobillar va kollektor texnikalari byudjet mablag‘lari hisobidan jami 20,4 mlrd so‘mga olingan. Avtomashinalar Samarqanddagi zavodda yig‘ilgan.

«Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasi doirasida davlat tomonidan chiqindilarni yig‘ish uchun 300 dona maxsus texnika xarid qilish uchun jami 24,9 mln dollar ajratildi. Mashinalar sanitar tozalash korxonalariga bir yillik imtiyozli muddat bilan o‘n yilga ijaraga beriladi. Bu ularning ish faoliyatini yaxshilashi kutilmoqda.

Avgust oyida Buxoro viloyatiga 15 ta yangi Isuzu axlat yig’ish mashinasi olib kelindi.

Avvalroq, O‘zbekistonda chiqindi tashuvchi va samosvallar utilizatsiya to‘lovidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek