OTB O‘zbekiston banklarini xususiylashtirish uchun 50 million dollar ajratadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Mablag'lar, shuningdek, mikro, kichik va o'rta kompaniyalarni kreditlashni kengaytirishga yo'naltiriladi
Foto: OTB

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va «Sanoatqurilishbank» (SQB) O‘zbekiston davlat moliya institutlarini xususiylashtirish uchun 50 million dollar miqdorida birinchi da’vo huquqi bilan konvertatsiya qilinadigan kredit bo‘yicha kelishib oldi.

Bu yangi ish o‘rinlarini yaratish va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashishi kutilmoqda.Loyihada OTB’dan tashqari Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) ham parallel kreditorlar hisoblanadi.

Kam ta’minlangan mikro, kichik va o‘rta kompaniyalar, shu jumladan ayollar boshchiligidagi kompaniyalar uchun SQB moliyalashtirishni kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, OTB SQB’ga institutning transformatsiya yo‘l xaritasini amalga oshirish uchun texnik ko‘makalshadi.

Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki 2023-yilning birinchi yarmida davlat ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lgani sababli O‘zbekistonning keyingi ikki yilga (2023-2024) iqtisodiy o‘sish prognozini qayta ko‘rib chiqdi.

Shuningdek