Samarqandda rapid va blits bo‘yicha FIDE turniri bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqida nima yozishdi: xorijiy matbuotga sharh
Foto: Unsplash

Chess.com: «FIDE O‘zbekistonda rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishini e’lon qildi». — FIDE 2023-yilda rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan joyni ovoza qildi. An’anaviy rojdestvo tadbiri Samarqand shahrida 26-30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi, sovrin jamg’armasi 1 mln dollarni tashkil etadi.

Silk Road Brifieng: «Qozog‘iston O‘zbekiston bilan avtomobil yo‘llarini yaxshilaydi va Kaspiy dengizi portlarini modernizatsiya qiladi» – Qozog‘iston g‘arbiy hududlarni O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘lini quradi, dedi Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smoilov Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHT 16-sammitidagi chiqishida.

TASS: «Tojikiston IHT davlatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashga tayyorligini bildirdi» – Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon IHT aʼzosi boʻlgan mamlakatlarni elektr energiyasi bilan taʼminlashga tayyorligini maʼlum qildi.

«Mamlakatimiz yaqin kelajakda qayta tiklanadigan manbalardan toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va EKO hududini energiya bilan ta’minlashga hissa qo‘shish niyatida», — dedi Tojikison prezidenti tashkilotning Toshkentdagi sammitida.

Eslatib oʻtamiz, IHTga Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya kiradi.

El Paso Inc.: «Oʻzbekistonda mintaqaviy iqtisodiy ittifoq sammiti boʻlib oʻtdi» – Toshkentda yigʻilgan IHT aʼzolari mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish rejalarini muhokama qildi.

Shuningdek, mintaqaviy va global hamkorlikni rivojlantirish orqali tashkilotning global nufuzini oshirish zarurligi haqida so‘z yuritildi.

– Yarim milliard aholi istiqomat qiladigan ulkan hududimiz savdo-iqtisodiy, sanoat, sarmoya, innovatsiya va transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

TASS: «Janubiy Koreya va O‘zbekiston sanatkorlari Viola masters tanlovida ishtirok etadilar» – O‘zbekistonlik sanatkorlar Moskvada o‘tkaziladigan xalqaro skripkachilar tanlovida ishtirok etadi.

Tadbir SSSR xalq artisti Yuriy Bashmet boshchiligida 8-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi vakillaridan tashqari Janubiy Koreya, Xitoy san’atkorlari ham ishtirok etadi.

Shuningdek