UzAirways Xabarovskdan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi
O'n yildan so‘ng
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv».

UzAirways joriy yilning 4-dekabridan boshlab Xabarovskdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Xabarovsk aeroporti» AJ.

Xabarovskdan O‘zbekiston poytaxtiga parvozlar Airbus A321 samolyotlarida haftada bir marta – dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Ikki shahar oʻrtasida oxirgi marta parvozlar oʻn yil avval amalga oshirilgan.

Aeroport ma’muriyatining ta’kidlashicha, yaqin orada ushbu yo’nalish bo’yicha chiptalar sotuvi boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga muntazam reyslar sonini oshirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek