“Air Samarkand” aviaparki yangi samolyot bilan toʻldirildi

eʼlon qilindi
Samolyot Fransiyada ishlab chiqarilgan
Foto: Air Marakanda

11-noyabr, shanba kuni Samarqand xalqaro aeroporti Air Samarkand aviakompaniyasining ikkinchi samolyotini qabul qildi. Bu Airbus A321 layneri edi.

Samolyot, an’anaga koʻra, suv archasi bilan kutib olindi. Samolyot aviakompaniya imkoniyatlarini kengaytiradi.

Airbus A321 – Fransiyada ishlab chiqarilgan oʻrta masofaga uchuvchi samolyot. Samolyot ekonom-klassda 182, biznes-klassda 12 yoʻlovchiga mo’ljallangan.

Eslatib oʻtamiz, 2-noyabr kuni «Air Samarkand» aviakompaniyasining birinchi samolyoti Airbus A330-300 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Tashuvchi joriy yil oxirigacha o‘z parkini beshta samolyotga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek