Hyundai elektromobil zavod qurish uchun 1,5 milliard dollar sarflaydi

eʼlon qilindi
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi Amerika korxonasiga ham 5,4 milliard dollar sarmoya kiritgan
Foto: Unsplash

Hyundai Motors kompaniyasi Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurishni boshladi. Loyihaga kiritilgan sarmoyalar 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda, deya xabar beradi Reuters.

Hyundai va uning sho‘ba korxonasi Kia Motors 2026-yilning birinchi choragida Ulsandagi zavodda elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yish niyatida. Zavod yiliga 200 ming dona avtomobil ishlab chiqarishi kutilmoqda.

2022-yilda Hyundai AQSh’ning Jorjiya shtatida elektromobillar va ular uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga 5,4 mlrd dollar sarmoya kiritdi.

Hyundai bosh direktori Jehun Changning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya AQSh va Janubiy Koreyada zavod ochishga qaratilgan.

Chang aytishicha, zaryadlash infratuzilmasining yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, elektr transport vositalari bozoridagi ijobiy tendensiyani qayd etdi.

Avvalroq, «Kursiv» Samsung SDI 2026-yildan boshlab Hyundai elektromobillari uchun akkumulyatorlarni yetkazib berishni boshlashini yozgan edi.

Shuningdek