O‘zbekistonda mandarin narxi pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Yil oxirigacha tendensiya dolzarb bo'lib qoladi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 20 ming so‘mni tashkil qildi. EastFruit portali xabar berishicha, uch hafta ichida u 45 foizga kamaydi.

2022-yil noyabr oyida mamlakatimizda ushbu mevalarning narxi 35 foizga qimmatlashdi. Mandarinlarning hozirgi narxi 2021-yilgi raqamlarga to’g’ri keladi.

Portal tahlilchilari bu tendensiya yana bir yarim oy davomida dolzarb bo‘lib qolishini taxmin qilmoqda: ulgurji narxlar kamida yil oxirigacha pasayishda davom etadi.

O‘zbekiston 2022-yilda 63,6 tonna mandarin import qilgan. Bu avvalgi ikki yildagi ko’rsatkichlardan mos ravishda 1,8 va 2,8 barobar ko’pdir. Asosiy yetkazib beruvchilar Pokiston, Xitoy va Turkiya edi.

«Kursiv» noyabr oyi boshida mandarinlarning ulgurji narxi uch oy ichida birinchi marta 14 foizga arzonlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek