O‘zbekistonda rossiyaliklar uchun dam olish 4% arzonlashdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh
Foto: Unsplash

TASS: «Oktabr oyida Misrda dam olish narxi 12,2 % arzonlashdi» – Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktabr oyida rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayyohlik sayohatlari narxi 4,2% kamaygan. Misr va Turkiyaga esa mos ravishda 12,2% va 11,4% pasaygan.

Tehran Times: «Eronning O‘zbekistonga eksporti yetti oyda 189 mln dollarni tashkil etdi» – Joriy Eron kalendar yilining birinchi yetti oyida (21-mart – 22-oktabr) Eron O‘zbekistonga 189 mln dollarlik 279,7 ming tonna mahsulot eksport qildi.

AzerNews: «OTB O‘zbekistondagi davlat banklarini xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratdi» — 10-noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va «Sanoat qurilish bank» (SQB) o‘rtasida O‘zbekistondagi davlat banklarini xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar miqdorida kredit ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

AKIpress: «O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari 2024-yilga ko‘chirildi» – Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maqsutov va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi rahbari Ozodbek Nazarbekov bilan O‘zbekiston Respublikasida Qirg‘iziston madaniyati kunlarini keyingi yilga ko‘chirishga kelishib olishdi.

Shuningdek