Sun Express aviakompaniyasi Samarqanddan Izmirga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
Haftasiga ikki marta
Foto: Air Marakanda

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi 13-noyabr kuni Samarqanddan Izmirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshladi, deb xabar berdi Air Marakanda matbuot xizmati «Kursiv» muxbiriga.

Parvozlar haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sun Express 1989-yilda tashkil etilgan va Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan. Kompaniya Yevropa davlatlari va Turkiyaga parvozlarni amalga oshiradi. Uning egalari Turkish Airlines va Germaniyaning Lufthansa kompaniyalari.

2021-yil yozi holatiga ko‘ra, aviatashuvchining parki asosan Amerikaning Boeing ishlab chiqaruvchisiga tegishli 47 ta samolyotdan iborat edi.

Avvalroq, «Kursiv» Gruziyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek