Dollar ketma-ket ko‘tarilmoqda. Uning kursi 8,84 so‘mga o‘sdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kecha, 13-noyabr kuni, AQSh valyutasi 11,03 so‘mga qimmatlashgan edi
Foto: Piqsels.

14-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati 8,84 so‘mga ko‘tarildi va 12 289,98 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham AQSh valyutasini shu darajada belgiladi.

Mamlakatning tijorat banklarida dollarni 12 310 – 12 345 so‘mdan xarid qilish mumkin. Moliya intitutlari esa AQSh valyutasini 12 220 – 12 280 so‘mdan sotib olmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni dollar kursi 11,03 so‘mga qimmatlashgan edi.

Shuningdek