O‘zBAT xususiy kompaniyalar orasida soliq to‘lovchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
Ikkinchi oʻrinda Eriell xalqaro neft kompaniyasi joylashdi
Foto: Reuters.

UzBAT (Uzbekistan British American Tobacco) joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1,97 trillion so‘m soliq to‘lagan. Bu xususiy kompaniyalar orasida eng yuqori ko‘rsatkich, deya xabar berdi mamlakat Soliq qo‘mitasi.

Top-10 soliq toʻlovchilar orasida ikkinchi oʻrinni Eriell xalqaro neft kompaniyasi egalladi. O‘n oy davomida korxona O‘zbekistonda 688 milliard so‘m soliq to‘lagan.

Birinchi uchlikni «Unitel» («Beeline» brendi) uyali aloqa operatori 618 milliard so‘m bilan yakunladi.

Birinchi beshlikka Enter Engineering (593 milliard so‘m) va «Kapitalbank» (460 milliard so‘m) ham kirdi.

Davlat korxonalari orasida NKMK eng ko‘p soliq to‘lagan – 18,2 trillion so‘m. AGMK ikkinchi o‘rinni egalladi – 7 trillion so‘m.

Uchinchi o‘rinda «O‘zbekneftgaz» AK joylashdi – 4 trillion so‘m.

Eslatib o‘tamiz, NKMK 2022-yilda O‘zbekiston byudjeti soliq tushumlarining 16,3 foizini ta’minladi.

Shuningdek