Dozani oshirib yuborish tufayli bolalar «Antistrumin» bilan zaharlangan

eʼlon qilindi
Bo‘lib o‘tgan hodisaga javobgarlikni sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari o‘z zimmasiga oldi.
Foto: Unsplash

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sentabr oyida bolalarning ommaviy zaharlanishi «Antistrumin» dorisini yuqori dozasi berilganini tan oldi.

Bu haqda u 14-noyabr, seshanba kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari oldidagi hisoboti chog‘ida ma’lum qildi. Inoyatov sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi oxirida Namangan viloyatida bolalar zaharlanishi sababli sog‘liq vazirligi kaliy yodid («Antistrumin») tarqatishni to‘xtatgan edi. Keyinroq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova voqea dori-darmon yoki oziq-ovqat bilan bog‘liq emasligini aytdi.

Bir necha kundan keyin bosh prokuratura bolalarning kasalxonaga yotqizilishi yuzasidan jinoiy ish ochdi.

Avvalroq, «Kursiv» «Antistrumin» sotib olish uchun byudjetdan 15 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilganini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek