Rossiya maktablarida tahsil olayotgan migrantlarning farzandlari rus tilini bilishini tekshirib ko‘rishadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi ma’lum qildi
Foto: Unsplash

Rossiya maktablarida mehnat muhojirlarining farzandlari uchun rus tilidan test joriy etiladi. Agar o‘quvchilar imtihondan o‘ta olishmasa, ular qo‘shimcha til saboqlarini olishlari kerak bo‘ladi, dedi mamlakat ta’lim vaziri Sergey Kravsov.

«Umid qilamanki, bu qaror maktablarimizga migratsiya tarixiga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashni imkon qadar samarali tashkil etishga yordam beradi», — deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi.

Kravsovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi mehnat muhojirlari farzandlarining bilimini baholash uchun qo‘llaniladigan diagnostika materiallarini tayyorlagan.

Shuningdek, ota-onasi Rossiyaga ishlash uchun kelgan maktab o‘quvchilarini mamlakat hayotiga, jumladan, ijtimoiy jihatdan ham moslashtirish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya rus tili davlat tili bo‘lmagan sobiq ittifoq davlatlaridan kelgan muhojirlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini cheklashga chaqirganini, yozgan edi.

Shuningdek