Statistika agentligi O‘zbekistondagi barcha sigir va buqalarni sanab chiqdi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga ko'p
Foto: Piqsels

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 13,9 million bosh qoramol bor, deya xabar berdi statistika agentligi.

2022 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 2 foizga ko‘p.
Chorva mollarining 91,3 foizi dehqon xo‘jaligida, 7 foizi fermer va 1,7 foizi qishloq xo‘jaliklarida.

1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 36,1 million kishini tashkil etadi. Bundan kelib chiqib, mamlakatimizda har 1 ming aholiga qariyb 385 bosh qoramol to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistonga 53 bosh sigirni noqonuniy olib kirishni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek