Oltin narxi ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Jahon bozoridagi vaziyat O‘zbekistonga ham ta’sir qilmoqda
Foto: Сhonthicha / depositphotos.com

Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda oltin quymalari qimmatlashmoqda. 13-noyabrga nisbatan narxi 1% dan ortiq oshdi.

LBMA grafikiga ko‘ra, oltin narxi 13-noyabrdan yana ko’tarila boshlagan. O‘sha kuni oltin narxi bir troya untsiya uchun 1931,15 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 15-noyabrda bir xil hajmning narxi 1958,2 dollar edi (kechki fiksing). Oltin 1,4 %ga oshdi.

Jahon bozorida oltin narxining oshishi O‘zbekistondagi vaziyatga ta’sir qilmoqda. Masalan, eng kichik besh grammli quyma 13-noyabrda 3,97 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 16-kunga kelib uning narxi 4,02 mlnga ko‘tarilgan.

Noyabr oyi boshida Rb.ru oltin narxining oshishi haqidagi ekspert fikrini keltirdi.

«Oltin narxining o’sishining kuchli omili Yaqin Sharqda bo‘layotgan urush sabab bo‘ldi. Bu omil hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki real foiz stavkalari va dollar indeksining o‘sishi e’tiborga olinmagan»- deydi «BKS Mir investitsiy» eksperti Dmitriy Puchkarev.

Аvvalroq, «Kursiv» Eron Isroil bilan urushmaydi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek