Dollar kursi o‘sdi. Valyuta 9,90 so‘mga qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 12 280,00 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels.

17-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha qiymati 9,90 so‘mga ko‘tarildi va 12 280,00 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatdagi banklar AQSh valyutasini 12 210 – 12 270 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 290 – 12 340 so‘mdan sotishmoqda.

Oxirgi marotaba bugungi kursga eng yaqin daraja 7-noyabr kuni bo‘lgan edi. O‘sha kun dollarning narxi 12 280,08 so‘mni tashkil qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» 16-noyabr kuni AQSh valyutasining qiymati 11,90 so‘mga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek