UzAirways’ning Novosibirskdan Farg‘onaga reysi 13 soatga kechiktirildi

eʼlon qilindi
Texnik muammo tufayli
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv».

Uzbekistan Airways’ning Novosibirsk — Farg‘ona yo‘nalishidagi reysi 13 soatdan ko‘proq vaqtga kechiktirildi. Bunga texnik nosozliklar sabab boʻldi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Endi Rossiya shahridan Farg‘onaga parvoz Novosibirsk vaqti bilan 17:00 da amalga oshiriladi. Samolyot O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:00 da o‘z manziliga yetib boradi.

TASS xabariga ko‘ra, Rossiya Transport prokuraturasi voqea joyida ish olib bormoqda va yo‘lovchilar huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib bormoqda.

Nosozlik tufayli Farg‘ona – Sankt-Peterburg – Farg‘ona yo‘nalishida parvozlar vaqti ham o‘zgargan.

Samolyot O‘zbekiston aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da havoga ko‘tariladi va Rossiyaning shimoliy poytaxtiga soat 22:35 da yetib boradi.

Qarama-qarshi yo’nalishda samolyot Sankt-Peterburg vaqti bilan 23:55 da ortga uchib, Farg‘ona vaqti bilan 18 noyabr 7:00 da manzilga yetib boradi.

Avvalroq, «Kursiv» UzAirways Xabarovskdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek