Uzbekistan Airports: biz unutilgan yuklarni sotish boʻyicha aksiyalarni oʻtkazmaymiz

eʼlon qilindi
Kompaniya firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi
Foto: cunaplus

Toshkent xalqaro aeroportida yoʻlovchilar unutib qoʻygan yuklarni sotish boʻyicha aksiya oʻtkaziladi, degan maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning birortasida ham bunday yuk tashish amaliyoti mavjud emas.

«O‘zbekistonning 11 ta bo‘ysunuvchi xalqaro aeroportlaridan birortasi, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports sho‘ba korxonalari yo‘lovchilar unutib qo‘ygan yuklarni sotmaydi yoki uchinchi shaxslarga topshirmaydi», — deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.

Agar yo‘lovchi aeroportda yukini unutib qo‘ysa, bu narsalar omborda uch oy davomida saqlanadi. Ushbu muddatdan keyin – egasi topilmagan taqdirda – egasisiz chamadonlar va sumkalar utilizatsiya qilinadi.

Kompaniya firibgarlarga ishonmaslik va ularga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Avvalroq, «Kursiv» noyabr oyida O‘zbekiston aholisining ayrim bank kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek