O‘zbekistonda qancha xususiy kompaniyalar bor

eʼlon qilindi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
Foto: Piqsels.

Yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 66,7 mingta xususiy tadbirkorlik subyekti hisobga olindi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Xususiy korxonalarning eng ko‘p soni Toshkent shahrida – 8,26 mingta bo‘lsa, bir oz ortda qolgan ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyatida – 8,22 ta ana shunday korxonalarga to‘g‘ri keldi.

Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 8,19 mingtani tashkil etdi. Xususiy korxonalarning eng kam soni Sirdaryo viloyatida (1,3 mingta) bo‘ldi.

Avvalroq, «Kursiv» yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda 78 ming yangi kompaniya ochilganini yozgan edi.

Shuningdek