Vertolyot o‘quv parvozini amalga oshirayotganda halokatga uchradi

eʼlon qilindi
Vertolyot ekipaji halok bo‘lgan
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Kattaqo‘rg‘on o‘quv poligonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotganda halokatga uchraganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.

2023-yil 17-noyabr kuni soat 20:15 da Kattaqo‘rg‘on o‘quv poligonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotganda halokatga uchragan.

Hodisa natijasida vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya ishlamoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek