O‘zbekiston Fransiyadan Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olmoqchi

eʼlon qilindi
Ammo samolyotlarni sotishlari dargumon
Foto: Unsplash

O‘zbekiston Fransiyadan 24 ta to‘rtinchi avlod Dassault Rafale ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti xarid qilish haqida ma’lumot so‘radi, deb xabar bermoqda Intelligence Online.

Portalning yozishicha, bu masala Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan.

Biroq, tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston yaqin kelajakda bu samolyotlarni xarid qila olmaydi, chunki «Dassault Aviation» ishlab chiqaruvchisi Qatar, Xorvatiya va Indoneziyadan buyurtmalar bilan haddan tashqari yuklangan. Bundan tashqari, kompaniya Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Fransiya muqobil sifatida Toshkentga Dassault Mirage 2000 qiruvchi samolyotlarini taklif qilishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Fransiya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘taradi, deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek