O‘zbekistonlik qilichbozchilar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Jamoa va individual dasturlarda
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Poytaxtimizda qilichbozlik (saber) bo‘yicha Jahon kubogi yakunlandi. O‘zbekiston vakillari ham shaxsiy, ham jamoaviy dasturda oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Shaxsiy bahslarda Fernanda Errera shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, jamoaviy bahslarda Errera, Guliston Perdiboyeva, Nargiza Jaksiboyeva va Samira Shokirova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik qilichbozlar yarim finalda Janubiy Koreya termasini, finalda esa Qozog‘iston sportchilari ustidan g‘alaba qozondi.

Sentabr oyi oxirida «Kursiv» o‘zbek qilichbozlari 2023-yilgi Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek