Bir shisha Macallan skotch viskisi auksionda 2,7 mln dollarga sotildi

eʼlon qilindi
"Macallan 1926" sotildi
Foto: Tristan Fewings / Getty Images

60-yil davomida sherri bochkada saqlangan «Macallan 1926» viski Londondagi Sotheby’s kimoshdi savdosida rekord narxga – 2,1 mln funt sterlingga (2,7 mln dollar) sotildi, deb xabar berdi CNN.

Sotheby’s xodimlari viski maksimal 1,2 mln funt sterlingga sotiladi deb o‘ylashgan. Auksion natijalari auksion xodimlarini hayratda qoldirdi. «Macallan 1926» bir shisha alkogol uchun rekord narxda sotib olindi.

Auksionda sotilgan Macallan 1926 shishasi 1986-yilda sotilgan 40-ta shishadan biridir. Bundan oldin viski oltmish yil davomida turgan. Birinchi «Macallan 1926» 2019-yilda kimoshdi savdosida sotilgan. Xaridor 1,5 mln funt sterling (1,9 mln dollar) to‘lagan.

Avvalroq, «Kursiv» Napoleonning shlyapasi rekord darajadagi 2,1 mln dollarga tushganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek