Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini maʼqulladi

eʼlon qilindi
Davlatlar protokol imzoladilar
Foto: Reuters.

Saudiya Arabistoni bilan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha olib borilgan muzokaralar ijobiy yakunlandi, deya xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi «An Nahar» gazetasiga tayanib.

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha ishchi guruhining yettinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma tuzdildi. Hujjatni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Azizbek O‘runov va arab davlatining JSTdagi elchisi Sark al-Mukbel imzoladi.

Shu tariqa O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan davlatlar soni ko‘paydi.

7 noyabr kuni Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik boʻyicha muloqotning uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Oq uy O‘zbekistonning JSTga kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq, «Kursiv» Italiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek