Sharof Uralov Ichki ishlar vazirligi Probatsiya xizmatiga rahbar etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Korxonaning avvalgi boshlig’i Urganch shahriga hokim bo‘lgan edi
Foto: «O‘zA»

Sharof Uralov O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi «O‘zA».

Uralov bu lavozimga tayinlangunga qadar shu departamentda Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Probatsiya xizmatining sobiq rahbari Bunyod Rajabov Urganch shahriga hokim etib saylandi. Uni tayinlash to‘g‘risidagi qaror xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi.

Avvalroq, «Kursiv» Shuhrat Sodiqov Advokatlar palatasiga rahbar bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek