Dollar birdaniga qariyb 19 so‘mga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Uning qiymati ikki kundan beri pasayib kelayotgan edi
Foto: Piqsels.

22-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy bankida dollarni kursi 18,96 so‘mga ko‘tarildi. Bugun uning ortacha qiymati 12 289,03 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatning tijorat banklarida dollarni 12 210 – 12 280 so‘mdan sotish va 12 290 – 12 350 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Hafta boshidan beri AQSh valyutasining kursi pasayib kelayotgan edi. 20-noyabr kuni uning qiymati 2,58 somga, 21-noyabr kuni esa 7,35 so‘mga arzonlashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta 17-noyabr kuni dollarning o‘rtacha qiymati 12 280,00 so‘mni tashkil qilgan edi.

Shuningdek