IBF kamari uchun Shohjahon Ergashev Sabriel Matiasga qarshi jangga chiqadi

eʼlon qilindi
Professional boks kechasi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi
Foto: www.ibf-usba-boxing.com

Professional boks kechasi O‘zbeksiton vaqti bilan 26-noyabr tongda AQSHning Las-Vegas shahridagi Michelob Ultra Arena’da bo‘lib o‘tadi, deb e’lon qildi International Boxing Federation (IBF).

O‘zbekistonlik bokschi Shojaxon Ergashev (23-0-0) kamar uchun puerto-rikolik Sabriel Matias (19-1-0) bilan jang qiladi.

Bu Ergashevning 2022-yil avgustida Anxel Martines Ernandes ustidan qozongan g‘alabasidan keyingi jangidir.

Matias IBF chempionlik kamarini sohibi hisoblanadi, shu yilning fevral oyida Xeremias Ponse bilan jangda qo’lga kiritilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek