Samarqandda UNESCO konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
So'nggi 40 yil davomida ushbu tadbir Parijda o'tkazib kelingan
Foto: Shutterstock

Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir 2025 yilda bo’lib o’tadi. Eslatib o‘tamiz, 1985-yildan buyon birinchi marta UNESCO konferensiyasi Fransiyadan tashqarida o‘tqaziladi. O‘shanda ushbu tadbir Bolgariya poytaxti — Sofiya shahrida bo’lib o’tgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva respublika UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Turon cho‘llari UNESCOning Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek