Surxondaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Magnitudasi 3,4 ni tashkil etdi
Foto: vchalup2 /www.depositphotos.com

O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida payshanba kuni tongda zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari soat 04:28 da Qumqo‘rg‘on tumani aholisi tomonidan sezilgan, deb xabar berdi Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik bashorat monitoringi markazi.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 440 km uzoqlikda janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan. Magnitudasi 3,4 ni tashkil etdi.

Seysmik bashorat monitoringi markazi bir oyda 41 ta, bir haftada 7 ta zilzila qayd etgan.

«Kursiv» O‘zbekiston hududida oxirgi marta zilzila noyabr oyining o‘rtalarida qayd etilgani haqida yozgan. Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ikki magnitudali yer silkinishi sezildi. Bu Tojikistondagi zilzila aks-sadolari edi.

Shuningdek