Surxondaryoda psixotrop moddalar changyutgich ko‘rinishida yashirilgan holda topildi

eʼlon qilindi
Giyohvand moddalar yuk vagonidan topilgan
Foto: O‘zA.

Surxondaryo viloyatida chegarachilar va bojxonachilar tomonidan 13 ming o‘ramda alprozolam tabletkalari olib qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.

Tabletkalar yuk vagonidan topilgan. Hujjatlarda dorilar changyutgich sifatida ko’rsatilgan.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shoxruz O‘ralovning aytishicha, alprozolamni olib kirish va sotish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Alprozolam psixotrop moddadir. Preparat vahima va tashvishni davolash uchun ishlatiladi. Biroq, dori psixologik va jismoniy qaramlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» toshkentlik bir guruh yigitlar uy sharoitida kuchli ta’sir etuvchi moddalar ishlab chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek