Independent: Hindiston qurolli kuchlari NUJ tufayli hushyor holatda

eʼlon qilindi
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, ob'ekt "ochiq oydin ko‘ringan"
Изображение: mike_kiev / www.depositphotos.com

Hindiston qurolli kuchlari noma’lum uchuvchi jism (NUJ) haqidagi xabarlardan so‘ng ikkita Rafale qiruvchi samolyotini parvozga yubordi, deb yozadi Independent.

Hindiston armiyasi mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da shimoli-sharqiy Manipur shtatidan NUJ haqida xabar berilganidan so‘ng ogohlantirish berdi.

Ob’ekt Imphal shahridagi Bir Tikendrajit xalqaro aeroporti hududida aniqlangan. Aeroport bir necha soatga uchish va reyslarni qabul qilishni to‘xtatdi.

Hindiston federal politsiyasining ismini oshkor etmagan xodimiga ko‘ra, ob’ekt «ochiq oydin ko‘ringan» edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Fransiyadan 24 ta to‘rtinchi avlod Dassault Rafale ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek