Yangiliklar

Toshkent tabiatiga 34,7 milliard so‘mlik zarar yetkazildi

Chirchiq daryosining qirg‘oq zonasi shikastlangan
Foto: Piqsels.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida noqonuniy shag‘al qazib olish ishlariga chek qoydi. Yetkazilgan zarar 34,7 milliard so‘mni tashkil etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Ekologiya vazirligi.

Qoidabuzarlar ekskavator va ikkita yuk mashinasi yordamida 57,8 ming kub metr qum-shag‘al aralashmasini chiqarib olgan. Shag’al tosh maydalash zavodiga tashilgan.

Vazirlikda buni «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonunlarning 18-moddasi buzilgani bilan izohladi. Qoidabuzarlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, shuningdek, ular etkazilgan zararni qoplashi kerak bo’ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida daryoga axlat tashlagan fuqaroning yuk mashinasi musodara qilingani haqida yozgan edi.