Hamas garovga olinganlarning bir qismini ozod qildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Falastin harakati va Isroil gumanitar sulh haqida kelishib oldi
Foto: thenews2.com / www.depositphotos.com

Falastinning «Xamas» harakati 12 nafar Tailand fuqarosi hamda 13 nafar isroillik bolalar va ayollarni asirlikdan ozod qildi, deb yozadi «TASS».

Garovga olinganlar G‘azo sektorida 7-oktabr kuni sodir bo‘lgan hujumdan beri ushlab turilgan. Isroil qamoqxonalar boshqarmasi, shuningdek, ozod qilinadigan 39 nafar falastinlik mahbus ro‘yxatini olganini ma’lum qildi.

Avvalroq, HAMAS harakati Isroil bilan G‘azoda to‘rt kunlik gumanitar sulh bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Anklavdan 19 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar ayol, bolalar va o‘smirlar ozod etilishi kutilmoqda. Buning evaziga Isroil tomoni 19 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar ayol va o‘smirni qamoqdan ozod qiladi. Sulh juma kuni ertalab kuchga kirdi.

Shuningdek