O‘zbekiston parlamenti aralash saylov tizimiga o‘tishni ma’qulladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Hujjat imzolash uchun prezidentga yuboriladi

O‘zbekiston parlamentining har ikki palatasi deputatlarni saylashning yangi tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat bir kun avval Oliy Majlis Senatida tegishli tartibdan o‘tib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.

Endilikda O‘zbekistonda parlament quyi palatasiga saylovda ovoz berishda ishtirok etayotgan saylovchilarning yarmidan ko‘pi ovozini olgan nomzod g‘alaba qozonadi. O‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, bir mandatli saylov okruglarida ishtirok etuvchi saylovchilardan ko‘proq ovoz olgan kishi saylangan hisoblanadi.

Yangi tizimda yagona saylov okrugi va bir mandatli okruglar bo‘ladi. 75 deputat bir mandatli saylov okruglaridan parlament quyi palatasiga o‘rin olishi mumkin bo‘ladi. Xuddi shu miqdordagi deputatlar proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi partiyalariga berilgan ovozlardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasiga kiradilar.

Avvalroq, «Kursiv» parlament quyi palatasida deputatlar yangi normalarni qizg‘in muhokama qilayotgani haqida yozgan edi. Qonunga bir qator tashabbuslar kiritilib, normalarning takrorlanishiga barham berildi.

Shuningdek