27-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 13,88 so‘mga ko‘tarildi va 12 310,04 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi tijorat banklarida dollarni 12 330 – 12 370 so‘mdan xarid qilish va 12 235 – 12 300 so‘mdan sotish mumkin.
Eng arzon narxda Amerika valyutasini Octobank moliya istitutidan xarid qilish mumkin. Ushbu bank dollarni 12 330 so‘mdan sotmoqda.
Eng katta foyda bilan esa dollarni Universalbank va Invest Finance bankda sotish mumkin. Ushbu muassasalar dollarni 12 300 so‘mdan xarid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta, 24-noyabr kuni O‘zbekistonda AQSh valyutasi 8,82 so‘mga arzonlashgan edi.