Ergashev jangni boy berdi

eʼlon qilindi
Jang oltinchi raunda to’xtatildi
Foto: Showtime

AQSHning Las-Vegas shahridagi Michelob Ultra Arena’sida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi, deb e‘lon qildi IBF matbuot xizmati.

Hamyurtimiz Shohjahon Ergashev IBF chempioni puerto-rikolik Sabriel Matias bilan kamar uchun kurash olib bordi. 12 raundga mo’ljallangan jang oltinchi raund boshida muddatidan oldin yakunlandi. Ergashevning burchagi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Avvalroq, «Kursiv» Fransiya O‘zbekiston U-17 jamoasini chorak finalda mag‘lub etdi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek