OAV: Fransiya O‘zbekistonga Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini sotishga tayyor

eʼlon qilindi
Bu haqda fransuz jurnalistlari xabar topishdi
Foto: Unsplash

Fransiyaning Dassault Aviation aerokosmik kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonga Rafale qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi La Tribune.

«Bir qator manbalarga ko‘ra, Dassault Aviation bir necha oydan beri O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Fransiya Markaziy Osiyoning ushbu ikki davlati bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashni istaydi», — deyiladi La Tribune maqolasida.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, qiruvchi samolyotlar savdosi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan 2023-yil noyabrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida asosiy mavzuga aylangan.

La Tribune xabariga ko’ra, O‘zbekiston 24 tagacha samolyot sotib olishi mumkin.

«Kursiv» noyabr oyining uchinchi o‘n kunligi boshida O‘zbekistonning Rafale sotib olish istagi haqida yozgan. Keyin tahlilchilar Dassault Aviation ushbu qiruvchi samolyotlarni mamlakatimizga sotishi dargumon, degan fikrni bildirdilar, chunki kompaniya Qatar, Xorvatiya va Indoneziyadan buyurtmalar ko‘pligini uchun, deb izoh berishgan edi.

Shuningdek