O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning tog‘ kurortlari umumiy sodiqlik dasturini ishga tushiradi

eʼlon qilindi
Amirsoyda joriy etiladi
Foto: Unsplash

«Shimbuloq» (Qozog‘iston), «Rosa Xutor» (Rossiya) va «Amirsoy» (O‘zbekiston) tog‘-chang‘i kurortlarida umumiy sodiqlik dasturi va yagona ilova paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda «TASS» axborot agentligi.

«Hozirda kun tartibida (…) mehmonlar uchun sodiqlik tizimiga ega yagona dastur yaratish masalasi turibdi. Masalan, “Rosa Xutor» dam olish maskani mijozlari «Shimbuloq» tog‘ kurortida va aksincha chegirmalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu uchala dam olish maskani uchun ham ishlaydi”, — deya agentlik «Shimbuloq» oromgohi tijorat direktori Vasiliy Podkoritovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Shimbuloq vakilining qo‘shimcha qilishicha, dam olish maskanlari qator qo‘shma dasturlar, jumladan, instruktorlar va qutqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ham ishlab chiqilmoqda. Rosa Xutor, Amirsoy va Shimbuloq menejment, marketing va sarmoyaviy tajriba almashishni rejalashtirmoqda.

Ushbu togʻ kurortlari rahbarlari 2023-yil iyun oyida Yevroosiyo ittifoqini tuzish toʻgʻrisidagi memorandumni imzolagan edi. Uyushmaning bosh qarorgohi Olmaota shahrida joylashgan.

«Kursiv» «Shimbuloq», «Rosa Xutor» va «Amirsoy»da bittadan chang‘i yo‘lakchasi bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek