O‘zbeksiton Green Card bo‘yicha viza olgan davlatlar ichida 7-o‘rinda

eʼlon qilindi
Jami 5,5 ming o‘zbekistonlik lotereyada yutgan
Foto: Stadtratte / depositphotos.com

O‘zbekiston 2023-yilda Green Card dasturi bo‘yicha olingan vizalar soni bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolariga 3,1 mingdan ortiq immigratsion vizalar berilgani haqida xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari 5,5 mingdan ortiq lotereya yutug‘ini qo‘lga kiritib, lotereya yutganlar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Elchixona AQShga mehnat qilish, sayohat qilishning qonuniy va xavfsiz usulini tanlash muhimligini ta’kidladi.

Green Card dasturining 2024-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 4-oktabrdan 2023-yil 7-noyabrgacha davom etdi va natijalar 2024-yil may oyi boshida e’lon qilinadi.

Avvalroq, «Kursiv» ba’zi oʻzbekistonliklar bu yil Green Card orqali AQSh vizasini olmasliklari mumkin, deb e’lon bergan edi.

Shuningdek