Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 28—30-noyabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘ladi. Siyosatchi yil boshidan beri Markaziy Osiyoga uchinchi marta keladi, aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan edi. «Nezavisimaya gazeta» O’Sallivanning tashrifi va uning ehtimoliy maqsadlari haqida yozgan.
Jurnalistlarning fikricha, noyabr oyidagi tashrifi chog‘ida maxsus vakil Markaziy Osiyo davlatlari rasmiylari bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Ostonaga qilgan safarini muhokama qiladi. Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayev mehmonni qabul qilar ekan, oziq-ovqat, o‘g‘it va urug‘larga nisbatan xalqaro sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, avvalroq respublika rahbari davlat Rossiya Federatsiyasiga nisbatan iqtisodiy cheklovlar rejimiga rioya qilishini aytdi.
Nashr suhbatlashgan siyosatshunoslarga ko‘ra, O’Sallivanning navbatdagi tashrifi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston va Qozog‘iston sanksiyalarga amal qilyaptimi yoki yo‘qligini tekshirish istagi bilan bog‘liq.
«Mintaqa mamlakatlari hukumatlari Yevropa rasmiylarini barcha sanksiya talablari bajarilayotganiga ishontirmoqda. Xususan, O‘zbekiston Markaziy banki amerikaliklar va yevropaliklar bilan moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish masalasida faol ish olib bormoqda. Lekin ular (G‘arb davlatlari vakillari – Tahr.) kelgani bois, bu sanksiyalarni Markaziy Osiyo davlatlari biznesi tomonidan amalda qo‘llashda muammolar borligini anglatadi», — deya «Nezavisimaya gazeta» Man’o markazi direktori Baxtiyor Ergashevdan iqtibos keltiradi. tadqiqot tashabbuslari uchun, deb aytgan.
Uning tushuntirishicha, Ukrainadagi qurolli mojaro Markaziy Osiyodagi iqtisodiy vaziyatga ta’sir qilgan. Mintaqa davlatlari Xitoy va Yevropa oʻrtasidagi yuk oqimining qisqarishi tufayli pul yoʻqotishdi. Bunday sharoitda mahalliy korxonalar yo‘qotishlarni qoplashning muqobil usullarini izlamoqda.
Rossiya TIV qoshidagi MGIMO xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Aleksandr Knyazev nashrga bergan intervyusida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo iqtisodiyotida jiddiy o‘ringa ega emasligini aytdi. Gazetaning suhbatdoshi O’Sallivanning tashriflarini doimiy eslatma va tahdidlar siyosati deb ta’rifladi.
«Kursiv» aprel oyidagi tashrifi chog‘ida O’Sallivan O‘zbekistonga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida emasligini aytgani haqida yozgan edi.