Yangiliklar

Dollarning kursi 12 315 so‘mni tashkil qildi

Uning qiymati 4,96 so‘mga oshdi
Foto: Piqsels.

28-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida AQSh valyutasining o‘rtacha tortilgan qiymati 4,96 so‘mga oshdi va 12 315,00 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham dollar kursini shu darajada belgiladi.

Davlat tijorat banklari Amerika valyutasini 12 250 – 12 310 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 340 – 12 370 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 27-noyabr kuni dollarning qiymati 13,88 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.