O‘zbekistonda oltin narxi yana rekordlarni yangiladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, besh grammlik oltin quyma birinchi marta 4,1 mln soʻmdan sotilmoqda.

Shuningdek, 20 grammlik va 50 grammlik barchalar narxi ham mos ravishda 16,3 mln va 40,9 mln so‘mgacha oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni besh grammlik oltin quyma narxi ilk bor 4 million so‘mga yetgan edi.

Qimmatbaho metalning jahon narxlari oshishi prognozi fonida O‘zbekistonda oltin quymalari narxi oshib bormoqda. Fundstrat tadqiqot firmasi boshqaruvchi direktori Mark Nyutonning so‘zlariga ko‘ra, oltinning bir troya unsiyasi 2,5 ming dollargacha qimmatlashishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekiston 10 oyda qancha oltin sotdi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek