Shahrisabzda yangi hokim saylandi

eʼlon qilindi
Ushbu lavozimga Sherzod Bo'riev tayinlandi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Shahrisabz Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherzod Bo‘riyev shaharga yangi rahbar etib saylandi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi.

Bo‘riev 1982 yilda tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Avvalroq, «Kursiv» Shahrisabz hokimi lavozimiga vaqtincha Akamurod Uzoqov tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek