MAGATE O‘zbekistonni yangi yadroviy davlatlar qatoriga kiritdi

eʼlon qilindi
Dunyoda 400 ga yaqin yadro reaktorlari mavjud
Foto: Wlad_Mus / depositphotos.com

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Mariano Grossi seshanba kuni o‘nlab davlatlar yaqin bir necha yil ichida yadroviy manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar berdi Reuters. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

«Bizda allaqachon qaror qabul qilish bosqichiga (atom elektr stansiyalarini qurish bo’yicha) kirgan 10 ta davlat va baholash jarayonida yana 17 davlat bor», – dedi Grossi.

«Bir necha yil ichida 12 yoki 13 (yangi) yadroviy davlatlar paydo bo‘ladi», – deya qo’shimcha qildi u.

Gana, Keniya, Marokash, Nigeriya, Namibiya, Filippin, Qozog‘iston va O‘zbekistonni potentsial yangi yadroviy davlatlar deb atadi.

MAGATE hisob-kitoblariga ko‘ra, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi maqsadlariga erishish uchun dunyodagi yadroviy reaktorlar sonini ikki baravar ko‘paytirish zarur – hozirda ularning soni 400 ga yaqin.

Avvalroq, «Kursiv» «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachevga tayanib yozganidek, O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan Jizzaxda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolashga yaqin keldi.

Shuningdek